ShHTning navbatdagi sammiti 31-avgustdan 1-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
Xitoyning Tyanszin shahrida
ShHTning navbatdagi sammiti 31-avgustdan 1-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi. Foto: The Europe Today

Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) navbatdagi sammiti 31-avgustdan 1-sentabrgacha Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi.

Van I ShHT bosh kotibi Nurlan Ermekbayev bilan Tyanszinda o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida sammit tafsilotlarini e’lon qildi.

Ushbu yig‘ilishda ShHT bosh kotibi, ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori va barcha tashqi ishlar vazirlari, jumladan, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham ishtirok etdi.

Foto: «Sinxua» axborot agentligi

Van I Xitoyning ShHTga navbatdagi rais sifatidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani uchun a’zo davlatlarga minnatdorchilik bildirdi va tashkilot birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida yuqori sifatli rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishiga ishonch bildirdi.

Yig‘ilish ishtirokchilari Xitoyning ShHT raisligi davridagi faoliyatini va erishilgan ijobiy natijalarni yuqori baholab, Tyanszin sammitining muvaffaqiyatli o‘tishi uchun Xitoy bilan hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyning Tyanszin shahri kuzda ShHT sammitiga mezbonlik qilishini ma’lum qilgandi. Ammo unda aniq qaysi sanalarda o‘tkazilishi ochiqlanmagandi.

Shuningdek