Tesla rasman Hindiston avtobozoriga kirdi

eʼlon qilindi
Ilk shourum Mumbayda ochildi
Tesla Hindiston avtobozoriga kirdi / Foto: Timesnownews

Tesla kompaniyasi Hindistonda ilk shourumini ochdi va unda o‘zining Model Y elektromobilini rasman taqdim etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Narxi $70 mingdan boshlanadigan ushbu avtomobil yuqori bojxona to‘lovlari tufayli kompaniyaning boshqa bozorlaridagi narxlarga nisbatan ancha qimmat.

Foto: Autocarpro

Model Y Mumbaydagi ilk Tesla shourumida namoyish etildi va buyurtmalar rasmiy sayt orqali qabul qilinmoqda. Yetkazib berishlar 2025-yilning uchinchi choragidan boshlanishi kutilmoqda.

Tesla Hindistonda asosan BMW, Mercedes-Benz va Kia bilan raqobatlashadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar – Tata Motors va Mahindra esa bu segmentda asosiy raqobatchi emas. Kompaniya yaqin kelajakda Dehlida ham shourum ochishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla’ning Xitoydagi savdosi sakkiz oylik pasayishdan so‘ng o‘sishga erishgan edi.

Shuningdek