Toshkentda poraxo‘r podpolkovnik qo‘lga olindi
eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ichki ishlar tizimidagi korrupsiya holati aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Mirobod tumani IIO bo‘linmasi boshlig‘i, podpolkovnik sud qarorini o‘zgartirishni va’da qilib, ayblanuvchining yaqinidan $18 ming pora olgan. U garov ehtiyot chorasi qo‘llanilishini va’da qilgan, biroq natijaga erisha olmagach, pulning bir qismini qaytarayotgan paytda qo‘lga olindi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi belgilandi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda advokat $50 ming pora bilan ushlangan edi.