Toshkentda Sea Breeze savdo ofislari paydo bo‘ldi – kompaniya munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoqdagi quriladigan Sea Breeze loyihasi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bugun ushbu loyiha hali tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, yer ajratish ishlari boshlangani va loyiha ofislari tashkil etilganligi bo‘yicha xabarlar tarqaldi. «Kursiv» nashri Ekologiya vazirligiga bu masala yuzasidan murojaat qildi.



«Ushbu Sea Breeze savdo ofisi Ozarbayjondagi asosiy loyihada ko‘chmas mulk sotadi. Bizning savdo ofislarimiz Rossiya, Ozarbayjon, Isroil, shuningdek, Turkiya va boshqa MDH mamlakatlarida ochilgan. Agar biz kelishuvning barcha bosqichlaridan o‘tsak va loyiha Chorvoqda qabul qilinsa, unda albatta bu yo‘nalishda ham sotuv ishlari bo‘yicha ishlar boshlaymiz», – deya See Breeze kompaniyasi matbuot kotibi Ekologiya vazirligiga munosabat bildirgan.
Shuningdek, Ozarbayjondagi See Breeze kompaniyasida o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun tashkil qilingan press-tur davomida Emin Agalarov loyiha haqida fikr bildirdi.
«Men Sea Breeze Ozarbayjon, O‘zbekiston, Chernogoriya yoki Qozog‘iston kabi ko‘plab davlatlarda eng yaxshi ekologik loyiha bo‘lishini istayman. Shuning uchun loyihani toza plyajlar, bog‘lar, bulvarlar, sifatli infratuzilma va kommunikatsiyalarsiz tasavvur qila olmayman. Men qurayotgan hamma narsa nafaqat chiroyli, balki barqaror, mintaqaga foyda keltiradigan bo‘lishi kerak», – dedi u.





Ma’lumot uchun, ozarbayjonlik tadbirkor o‘tgan yil dekabr oyida Shavkat Mirziyoyevga loyihani taqdim etgandi.
Aprel oyida esa davlat rahbari xalqaro turizm markazi master-rejasining batafsil taqdimoti bilan tanishdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan qozog‘istonliklar Eminning Bo‘zjirada mehmonxona qurishiga qarshi chiqayotgani haqida yozgandi.