
Fransuz smartfon brendi Wiko Xitoyda yangi Wiko Enjoy 80 Pro smartfonini taqdim etdi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda. Qurilma Huawei bilan litsenziya asosida ishlab chiqilgan va HarmonyOS operatsion tizimida ishlaydi.
Smartfon 6,7 dyuymli OLED ekran (FHD+, 120 Hz) bilan jihozlangan. Uning yorqinligi 1300 nitgacha yetadi. Old kamera 8 MP, ekran esa Kunlun Glass oynasi bilan himoyalangan.
Wiko Enjoy 80 Pro‘da Snapdragon 4 Gen 2 protsessori, 8 yoki 12 GB tezkor xotira va 256/512 GB doimiy xotira mavjud. Orqa tomonda 50 MP asosiy kamera va qo‘shimcha linza joylashgan. Batareyasi 6 100 mA/soat bo‘lib, 40 Vattli tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Model qora, oq va ko‘k ranglarda taqdim etilgan. Narxi 8/256 GB versiyasi uchun 1 599 yuan (taxminan $222), 12/512 GB versiyasi esa 1 999 yuan ($279).
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Realme 15 va 15 Pro modellarining texnik xususiyatlari oshkor bo‘lgani haqida yozgan edi.