Yangiliklar

Aeroportlarda yo‘qolgan yukni qanday topish mumkin

Uzbekistan Airports tavsiyalar berdi
Chamadon
Foto: olly18 / depositphotos.com

Sayohatdan so‘ng aeroportda yuklarni topolmay qolganda yoki uni shikastlangan holda qabul qilganda qanday yo‘l tutish kerak? Uzbekistan Airports bir nechta tavsiyalarni berib o‘tdi.

1-qadam: Lost & Found xizmatiga murojaat qilish

Uchib kelish zalidan chiqmasdan, aynan shu hududda joylashgan yo‘qolgan yuklar bo‘yicha xizmatga borish kerak. Xodimlar dastlabki rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi.

2-qadam: Ariza to‘ldiriladi va holat rasmiylashtiriladi

Sizdan parvoz raqami, bagajning ko‘rinishi, aloqa ma’lumotlari va iloji bo‘lsa, yuk suratini taqdim etish so‘raladi. Xodimlar bu ma’lumotlar asosida PIR (Property Irregularity Report) hujjatini rasmiylashtiradi.

3-qadam: So‘rov uchun identifikatsiya raqami olish

Bu raqam orqali aviakompaniyaning vebsayti yoki Lost & Found xizmati orqali yuk holatini kuzatib borishingiz mumkin.

Toshkent xalqaro aeroporti Lost & Found xizmati telefon raqami: +998 78 140 29 14.

Ma’lumot uchun, yo‘qolgan yuklarni izlash bilan bevosita aviakompaniyaning o‘zi shug‘ullanadi. Aeroport xizmati esa tashuvchi bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi va yuklarni topishda yordam beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan aeroportdagi reyslar jadvalini qayerdan bilish mumkinligi haqida yozgandi.