Amerikaning uchta banki Trampning boj siyosatidan foyda ko‘rdi

eʼlon qilindi
Uchala bank ham sezilarli darajada foyda ko’rdi
Bank of America
Bank of America, Goldman Sachs va Morgan Stanley Trampning boj siyosatidan qancha foyda ko‘rdi. Foto: Seeger Gray/WSJ

AQShning Bank of America, Goldman Sachs va Morgan Stanley banklari shu yilning ikkinchi choragida kutilganidan yuqori moliyaviy natijalarga erishdi. Bu haqda The wall street journal xabar berdi.

Tahlilchilar fikricha, bu natija ortida global iqtisodiy o‘zgarishlar, ayniqsa, prezident Donald Trampning qayta saylanish istiqboli fonida e’lon qilgan keskin boj siyosati turibdi. Jumladan, Bank of America savdo bo‘limidan $5,4 milliard daromad ko‘rdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga ko‘p. Bankning umumiy daromadi esa $26,5 milliardni tashkil etdi.

Goldman Sachs ham 22% o‘sish bilan $3,72 milliard sof foydaga erishdi. Aksiyalar savdosidan olingan tushum esa $4,3 milliardni tashkil etib, bank tarixida rekord natija bo‘ldi. Morgan Stanley banki esa $3,39 milliard sof foyda bilan chiqdi.

Tahlilchilar bunday natijalar banklarning savdo operatsiyalaridan ko‘proq foyda olishiga xizmat qilishini ta’kidladi. Chunki bozor ishtirokchilari aktivlarni tez-tez sotib olish va sotishga majbur bo‘lmoqda. Biroq bu barqaror iqtisodiy o‘sish belgisi emas aksincha, noaniqlik yuqoriligini ko‘rsatadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Tramp bojlarining O‘zbekiston savdosiga ta’siri haqida mutaxassislar bilan suhbatlashgandi.

«Mazkur boj siyosati birinchi navbatda global savdo hajmini qisqartirib, jahon savdo jarayonlarini sekinlashtiradi. Jahon savdo tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 1% savdo bojlari oshishi, savdo hajmini 2-3 foizga pasaytirishi baholangan. Bundan tashqari, turli mamlakatlardan qarshi javob bojlari amalga oshirilib, global iqtisodiy farovonlik kamayishi kutilmoqda», – dedi Progressiv islohotlar markazi eksperti Odil Abdusattarov.

Shuningdek, iyul oyida Donald Tramp Qozog‘istonga 25%, Kanadaga 35%, Yevropa Ittifoqi va Meksikaga 30%, Indoneziyaga 19 foizlik boj joriy etishini ma’lum qildi.

Shuningdek