Bolalar ombudsmani bloger «Chechenka»ni javobgarlikka tortdi

eʼlon qilindi
Ikki nafar kichik yoshdagi bolani o‘zaro urishtirgani uchun
Foto: Videodan olindi

Tarmoqlarda bloger «Chechenka» ikki nafar kichik yoshdagi bolani o‘zaro urishtirayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha izoh berdi.

Videoda ayol ularning mushtlashuvini kulgu bilan kuzatgani aks etgan. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilib, 14-iyul kuni holatga huquqiy baho berish uchun Ichki ishlar vazirligiga so‘rov yo‘llangan.

Yakkasaroy tumani Ichki ishlar boshqarmasi tekshiruviga ko‘ra, blogerlik bilan shug‘ullanuvchi Gulzoda Abdullayeva 13-iyul kuni Toshkent viloyatida dam olish vaqtida o‘z o‘g‘li va jiyanini go‘yoki «hazil tariqasida» urishtirgan va bu holatni Instagram sahifasiga joylashtirgan.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

15-iyul kuni Abdullayeva bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish majburiyatini bajarmaslik bo‘yicha javobgarlikka tortildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yuqori Chirchiqda o‘gay ota 7 yoshli bolani kaltaklagani haqida yozgandi.

Shuningdek