Britaniyada saylov huquqi 16 yoshdan boshlab berilishi mumkin

Buyuk Britaniya hukumati 2025-yil iyul oyida 16 va 17 yoshdagi fuqarolarga barcha saylovlarda ovoz berish huquqini berishni taklif qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Bu islohot mamlakat demokratiyasini modernizatsiya qilish va yoshlarning siyosiy jarayonda ishtirokini oshirishga qaratilgan.
«Soliq to‘layotgan yoshlar davlat boshqaruvida ham so‘zga ega bo‘lishi kerak», – deya ta’kidladi bosh vazir Keir Starmer.
Yangi qonun parlament tasdig‘idan o‘tishi kerak, biroq bu kutilganidek oson bo‘ladi, chunki bu taklif Starmerning saylovoldi dasturida mavjud edi.
Konservatorlar bu qarorni tanqid qilib, uni yoshlar uchun chalkash va nomuvofiq deb atashdi. So‘rovlar esa ko‘plab 16-17 yoshdagilar ovoz berishga tayyorligini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya va Fransiya Storm Shadow raketalarini birgalikda ishlab chiqarishi haqida yozgan edik.