BYD Song L GT elektromobili taqdim etildi

17-iyul 2025 13:40 eʼlon qilindi

(17-iyul 2025 20:42 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD Song L GT
BYD Song L GT elektromobili taqdim etildi / Foto: CarNewsChina

BYD kompaniyasi Song L SUV qatoriga yangi model BYD Song L GT modelini qo‘shdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Ushbu elektromobil avvalgi Song L EV bazasida ishlab chiqilgan. Yangi model tashqi ko‘rinishda deyarli Song L EV’ga o‘xshaydi. Ammo old bamperda qora elementlar ko‘paytirilgan. Faralar orasida ham qora panel qo‘shilgan. Har bir versiyada tomda lidar radari bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: CarNewsChina

Avvalgi modelda God’s Eye B va God’s Eye C kabi haydovchiga yordam tizimlari mavjud edi. GT versiyasida ham shular davom ettiriladi. Orqa tomonda yangi GT logotipi bor. Shuningdek, elektr qanotli spoilerni saqlab qolishgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, bu detal 100 km masofada 0,88 kVt⋅soat energiya tejaydi.

O‘lchamlari: uzunligi 4840 mm, kengligi 1950 mm, balandligi 1560 mm, g‘ildirak bazasi 2930 mmni tashkil etadi. Avtomobil og‘irligi 2380 kg. 19 yoki 20 dyuymli disklarga ega. Qizil tormoz kaliperlari sport ko‘rinishni kuchaytiradi.

Foto: CarNewsChina

Motor variantlari:

  • RWD versiyasi 2 xil quvvatda: 170 kVt (228 ot kuchi) va 230 kVt (308 ot kuchi);
  • AWD versiyada old motor kuchi 160 kVt (215 ot kuchi), orqa motor 230 kVt (308 ot kuchi).

Batareya haqida ma’lumot berilmagan. Song L EV modeli 71.8 kVt⋅soat va 81.04 kVt⋅soat sig‘imli akkumulyatorlar bilan 550 – 662 km zaxira masofa taqdim etgan. Song L GT’da ham shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 10 ming dollarlik BYD Seagull’ning yangi versiyasi taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek