EA Sports FC 26 26-sentabrda sotuvga chiqadi

17-iyul 2025 13:09 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
"EA Sports FC 26"
EA Sports FC 26 26-sentabrda sotuvga chiqadi / Foto: ITHome

EA kompaniyasining navbatdagi futbol o‘yini — EA Sports FC 26 rasmiy ravishda 2025-yil 26-sentabr kuni turli platformalarda chiqariladi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

O‘yinni PC, PS5, PS4, Xbox One, Switch 2 va Nintendo Switch qurilmalari orqali o‘ynash mumkin bo‘ladi. Steam’dagi Xitoy regioni uchun narx 248 yuan ($34,55)ga teng belgilangan.

Yangi o‘yin muqovasida 22 yoshli ingliz futbolchisi Jud Bellingem va 22 yoshli germaniyalik Jamol Musiala aks etgan. EA bu relizni EA Sports FC seriyasida yangi davr boshi sifatida e’lon qilgan.

EA Sports FC 26’ning asosiy yangiliklari:

  • Realistik o‘yin rejimi: yangi mexanikalar va yaxshilangan aniqlik bilan Career Mode’da eng real futbol tajribasini taqdim etadi.
  • Competitive rejimi: Ultimate Team™ va Clubs rejimlari uchun tezkor harakatlar.
  • Yangilangan menejerlik rejimi: Live Manager Challenges orqali futbol murabbiylari uchun haqiqiy ssenariylar va tarixiy «nima bo‘lardi agar» holatlari taklif etiladi.
  • Prototip tizimi: afsonaviy futbolchilardan ilhomlangan yangi o‘yinchi uslublari va atribut kuchaytirish imkoniyati qo‘shiladi.
  • 20 mingdan ortiq real futbolchilar: dunyo bo‘ylab eng mashhur ligalarning rasmiy ma’lumotlari asosida.

Bundan tashqari, o‘yinda ixtiyoriy ichki xaridlar mavjud bo‘lib, ular orqali virtual tangalarni sotib olish mumkin. Bu tangalar yordamida o‘yin ichidagi turli buyumlar, jumladan, tasodifiy virtual kartalar qo‘lga kiritiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasi GTA va Counter-Strike o‘yinlarini harom deb e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek