
Tomorrowland festivalining bosh sahnasi yonib ketdi. BBC’ning xabar berishicha, Belgiyaning Boom shahrida joylashgan festival maydoniga minglab odamlar kelishni boshladi.
Chorshanba kuni kechqurun yuz bergan yong‘in natijasida bosh sahna butunlay yongan. Biroq tashkilotchilar hech kim jarohat olmaganini, festival davom etishini ma’lum qilmoqda.
400 mingdan ortiq mehmonlar kelishi kutilayotgan tadbir juma kuni boshlanadi. Deyvid Getta, Lost Frequencies, Svedish House Mafia va Charlotte De Vitte kabi mashhur DJlar chiqish qiladi.
Mahalliy yong‘in xizmati hududni xavfsiz deb baholadi. Endi yondirilgan sahna buzilish-buzilmasligi muhokama qilinmoqda. Tashkilotchilar sahna o‘rniga alternativ yechim izlayotganini aytgan. DreamVille nomli lager allaqachon ochilgan.
«Sahnasi oddiy sahna emas edi. U jonli bir dunyo edi», – deb yozmoqda yashkilotchilar Instagram’da.
Yong‘in soat 18:00 atrofida boshlangan. Kuchli tutun butun sahnani qoplagan. Hududdagi ba’zi aholi evakuatsiya qilingan. Festival 2005-yildan beri o‘tkaziladi va u eng yirik elektron musiqa festivali hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chilonzordagi «O‘zbekfilm» yaqinida kuchli yong‘in yuz bergani haqida yozgan edi.