
«Kitayskiye avtomobili» nashri yangi Geely Monjaro krossoverining rasmlari va texnik tafsilotlarini e’lon qildi. Bu avtomobil 2025-yilning birinchi yarmida Xitoyda eng ko‘p sotilgan SUV bo‘lgan.
Yangi modelda asosiy yangilik 2,0 litrli dvigatel quvvati 238 ot kuchidan 272 ot kuchigacha oshirilgan.

Tashqi ko‘rinishda ham o‘zgarishlar bor. Old bamper yanada agressiv ko‘rinishga ega bo‘lgan, havo kirish teshiklari kengaytirilgan. Shu sababli avtomobil uzunligi 25 mm ga oshgan.
Shuningdek, modelga 19 va 20 dyuymli yangi g‘ildiraklar o‘rnatilgan.

Salon haqida hozircha ma’lumot yo‘q, lekin u 2024-yilda yangilangani sababli o‘zgarishlar bo‘lmasligi mumkin.
Monjaro endi rasmiy sertifikatsiyadan o‘tgan va seriyali ishlab chiqarishga ruxsat olgan. Bu esa yaqinda sotuvga chiqishini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri GAC GS4 AWD avtomobili qanday motor bilan chiqishi ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.