Google qidiruv funksiyasini almashtirmoqchi

Google mashhur Circle to Search funksiyasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 4pda nashri xabar bermoqda.
Ushbu funksiya 2023-yil oxirida ishga tushirilgan edi. Endi kompaniya yangi Tell Me About This nomli SI funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu xizmat Gemini virtual yordamchisiga integratsiya qilingan.
Android Authority ma’lumotiga ko‘ra, foydalanuvchi ekrandagi qiziqarli joyni belgilaydi. So‘ngra tizim tasvirga izohli generativ qidiruv orqali javob beradi. Gemini’da bu funksiyani yoqish uchun alohida tugma ham mavjud.
Google bu yangi xizmat to‘liq almashtiradimi yoki muqobil sifatida taklif qilinadimi — hozircha noma’lum. Biroq kompaniya qidiruv va sun’iy intellekt imkoniyatlarini birlashtirishga urinayotgani aniq.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Google $314 mln jarimaga tortilgani haqida yozgan edi.