Yangiliklar

Janubiy Koreya Oliy sudi Samsung raisini aybsiz deb topdi

Bu qaror kompaniyaning sun’iy intellekt chiplar bo‘yicha oldinga chiqishiga turtki bo‘lishi mumkin
Janubiy Koreya Oliy sudi Samsung raisini aybsiz deb topdi / Foto: JongAng

Janubiy Koreya Oliy sudi Samsung Electronics raisi Li Jay Y Lini 2015-yildagi $8 mlrdlik birlashuv bilan bog‘liq firibgarlik ayblovlaridan butunlay oqladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Bu qaror quyi instansiya sudlarining qarorini tasdiqlab, uning ustidan yuritilgan uzoq yillik tergov va sud jarayonlariga yakun yasadi.

Prokuratura Samsung C&T va Cheil Industries kompaniyalarining birlashuvi Lining nazoratini mustahkamlash uchun amalga oshirilganini aytgan edi. Biroq sud birlashuv qonuniy bo‘lganini tasdiqladi.

Samsung bu qarorni mamnuniyat bilan qarshi oldi va uni adolat tantanasi deb baholadi. Aksiyalar bozori bu yangilikka sezilarli darajada javob bermadi.

Li uchun bu qaror kompaniyaning sun’iy intellekt chiplar bo‘yicha global raqobatda oldinga chiqishi uchun huquqiy to‘siqlarni yo‘qotdi.

Eslatib o‘tamiz, Meta rahbariyatiga qarshi $8 milliardlik sud jarayoni boshlangan edi.