Nokia 20 dollarlik yangi telefonini taqdim etdi

17-iyul 2025 12:03 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Nokia 20 dollarlik yangi telefonini taqdim etdi. Foto: HMD

Nokia narxi $20 bo‘lgan yangi HMD 101 4G telefonini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

U 4G VoLTE’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, ikkita SIM-kartali va LED fonarik bilan jihozlangan.

HMD kompaniyasi ilgari Nokia brendi ostida tugmali telefonlarini ishlab chiqargan, endi esa o‘z brendi bilan chiqarishni boshladi. Telefonning tugmalari katta va qulay. USB-C porti, radio va ovozli translyatsiya imkoniyati bor. Shuningdek, u 3,5 millimetrli ulagichga ega bo‘lgan simli quloqchinlarni ulash imkoniyatini ham beradi.

Bundan tashqari, HMD 101 4G sun’iy intellektga asoslangan yordamchi bilan jihozlangan. Bu yordamchi DeepSeek texnologiyasidan foydalanib, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, ob-havo ma’lumotlarini tekshirish, budilnik o‘rnatish va turli savollarga javob berish kabi vazifalarni bajarishi mumkin.

Mazkur telefonning Xitoydagi narxi atigi $20, kamerali HMD 102 4G versiyasi esa $23,5.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 50 dollarga qanday telefon xarid qilish mumkinligi haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, Nokia 130 DS TA-1576 modelini ushbu narxda xarid qilsa bo‘ladi. Bu telefon 2023-yilda chiqarilgan, oddiy va tugmali bo‘lib, uzoq quvvat ushlashi, ikki SIM kartali bo‘lishi va FM-radiosi bilan ajralib turadi. Internetga kirishsiz, faqat qo‘ng‘iroq, SMS va musiqa tinglash uchun mo‘ljallangan. Yoshi katta odamlar yoki zaxira telefon sifatida juda qulay.

Shuningdek