Yangiliklar

O‘zbekiston dunyodagi xavfsiz mamlakatlar reytingida 25-o‘rinni egalladi

148 ta davlat orasidan
O‘zbeklar
Foto: Sora sun‘iy intellekti yordamida tayyorlandi

Dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 148 ta davlat orasidan 25-o‘rinni egalladi. Bu haqda Numbeo onlayn platformasi xabar berdi.

Tadqiqot jinoyatchilik darajasi, odamlarning kun-u tun o‘zini xavfsiz his qilishi, huquq-tartibot organlariga ishonch kabi omillar asosida tuzilgan.

Reyting rasmiy statistikaga emas, balki jahon bo‘ylab yuz minglab foydalanuvchilarning real hayotdagi kuzatuvlari va baholariga tayanadi.

Reytingda Birlashgan Arab Amirliklari eng xavfsiz davlat sifatida birinchi o‘rinda qayd etilgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Andorra va Qatar egalladi. O‘zbekiston esa mintaqadagi boshqa davlatlar — Rossiya (52-o‘rin), Qozog‘iston (73), Ukraina (81) va Qirg‘iziston (101)ga nisbatan ancha yuqori pog‘onada joylashgan.

Reytingning oxiridan Gaiti, Papua – Yangi Gvineya, Venesuela va Afg‘oniston kabi mamlakatlar o‘rin olgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston birinchi marta Global Startup Ecosystem reytingining top – 100 taligiga kirgani haqida yozgandi.

Global Startup Ecosystem Index – bu har yili StartupBlink tomonidan e’lon qilinadigan reyting bo‘lib, unda 100 dan ortiq mamlakat va 1400 dan ortiq shaharlarning startap-ekotizimi baholanadi. Reytingda startaplar soni va sifati, shuningdek, biznes muhiti kabi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.