O‘zbekiston va Serbiya raqamli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi

O‘zbekistonning Serbiyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov mamlakat axborot va telekommunikatsiyalar vaziri Boris Bratina bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Muzokaralarda Serbiya tomoni O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi. Xususan, O‘zbekistonning Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa tegishli tuzilmalari bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqish, shuningdek, ularni uchinchi davlatlar bozorlariga chiqarish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya dronchilari mashg‘ulotlarda texnikaga zarba berishni mashq qilgan edi.