
«UzAvtosanoat» AJ yanvar-iyun oylarda sotilgan avtomobillar reytingini e’lon qildi. Unda Chevrolet Cobalt (67,5 ming) yaqqol peshqadamlikni saqlab qoldi.
Keyingi o‘rinlardan Chevrolet Damas (31,6 ming) va Chevrolet Tracker (16,6 ming) modellari joy oldi.
Quyidagi javdalda eng ko‘p sotilgan top avtomobillar bilan tanishishingiz mumkin.
Model nomi | Sotuv soni |
---|---|
Cobalt | 67 580 |
Damas | 31 645 |
Tracker | 16 641 |
Labo | 16 276 |
Onix | 8 704 |
Sonet | 7 873 |
Song Plus Champion DMI | 2 539 |
Chazor | 2 082 |
M6 | 2 001 |
Yuan Up | 1 937 |
Ushbu davrda jami 171,2 mingta atomobil sotilgan. Eng ko‘p savdo UzAuto Motors (94 048 ta) hissasiga to‘g‘ri keladi:
Khorezm Auto: 47,9 ming;
ADM Jizzakh: 19,6 ming;
BYD Uzbekistan: 9,7 ming;
Asaka Motors: 623;
SamAuto: 238;
Jizzakh Auto: 48.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston uchun foydalanish xarajati past avtomobillar haqida maqola e’lon qilgan edi.