Gadjetlar

Pixel 10 Pro Fold suv va changga chidamli ilk bukiluvchi smartfon bo‘ladi

IP68 darajadagi himoya bilan
Pixel 10 Pro Fold suv va changga chidamli ilk bukiluvchi smartfon bo‘ladi / Foto: Android Headlines

Google tez orada yangi Pixel 10 Pro Fold smartfonini taqdim etadi. Bu haqda Android Headlines ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, smartfon bukiluvchi qurilmalar bozorida muhim yangilik bo‘ladi. Bu model suv va changdan to‘liq himoyalangan – IP68 darajasiga ega birinchi bukiluvchi smartfon sifatida tarixga kiradi.

Exclusive: Official Google Pixel 10 Pro Fold Specs

Yangi modelda tashqi ekran 6,4 dyuymgacha kengaytirilgan bo‘lib, yorqinligi 3 ming nitga yetadi. Bu ochiq havoda ham qulay foydalanishni ta’minlaydi. Kameralar avvalgi modeldagi kabi qoladi: 48, 10,5 va 10,8 MP linzalardan iborat. Batareya sig‘imi esa 5015 mA/soat bo‘lib, bukiluvchi telefonlar orasida yuqori natija hisoblanadi.

Taqqoslash uchun, Samsung’ning eng yangi Galaxy Z Fold7 modeli IP48 himoyasiga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pixel 10 modelining tafsilotlari haqida yozgan edik.