
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan holda 2,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan foydalangan. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Holat «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Energosavdo» filiali tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida aniqlangan.
Tekshiruvda aniqlanishicha, fuqaroga tegishli xo‘jalik elektr tarmog‘iga hisoblagichsiz va nosoz uskuna orqali ruxsatsiz ulangan. Mutaxassislar dalolatnomasiga ko‘ra, yetkazilgan zarar 2,9 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Hozirda holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda 803 mln so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangan edi.