
«UzAuto Motors» AJ 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas modellari uchun yangi shartlarni e’lon qildi.
Kompaniyaning rasmiy bayonotida aytilishicha, bo‘lib to‘lash mexanizmi o‘zini oqlagani bois, uni yanada rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Endilikda xaridorlar ushbu mashinalarni tijorat banklari orqali 20% boshlang‘ich to‘lov bilan sotib olishlari mumkin. Ilgari boshlang‘ich to‘lov miqdori 50% tashkil etgan. Shuningdek, yillik 0% dan boshlanadigan foiz stavkasi bilan avtomobilni xarid qilish imkoniyati taqdim etilmoqda.
Batafsil ma’lumotlarni UzAuto Motors’ning rasmiy saytlarida — uzautomotors.com va chevrolet.uz, shuningdek kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoki tijorat banklarining filiallarida olish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun aloqa raqami: (78) 141-77-77.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «UzAvtosanoat» AJ yanvar-iyun oylarda sotilgan avtomobillar reytingini e’lon qilgani haqida yozgan edi.