Yangiliklar

Qoraqalpog‘istonda pora olgan universitet o‘qituvchisi ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qoraqalpog‘istonda pora olgan universitet o‘qituvchisi ushlandi / Foto: Oliy sud

Qoraqalpog‘iston Respublikasida talabalarga yakuniy imtihondan o‘tkazishni va’da qilgan universitet o‘qituvchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi, DXX va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi bir fuqarodan va yana 17 nafar talabani imtihondan o‘tkazib berish evaziga 18,3 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpogʻistonda ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlangan edi.