
Internetda Samsung Galaxy S25 FE smartfonining yangi suratlari paydo bo‘ldi. Unda smartfon oq rangda tasvirlangan. Avvalroq qora rangdagi ko‘rinishi ham tarqalgan edi.
Rasmning sifati unchalik yuqori emas, lekin telefonning old va orqa ko‘rinishini ko‘rish mumkin. Dizayn deyarli Galaxy S24 FE bilan bir xil.

Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S25 FE Exynos 2400e protsessorida ishlaydi. Uning kamida 8 GB tezkor xotirali versiyasi bo‘ladi. Telefon Android 16 va One UI 8.0 tizimi bilan chiqadi.
Asosiy kamera haqida aniq ma’lumot yo‘q, ammo old kamera 12 MP bo‘lishi aytilmoqda. Bu Galaxy S24 FE’dagi 10 MP kameraga nisbatan yaxshilanish hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Z Fold4 va Z Flip4 modellari uchun One UI 8 sinovlari boshlangani haqida yozgan edi.