Gadjetlar

Samsung kuchsizroq modelga o‘tish uchun pul to‘lashni taklif qilmoqda

Bu orqali yangi modelni arzonroq olish mumkin
Samsung kuchsizroq modelga o‘tish uchun pul to‘lashni taklif qilmoqda / Foto: Samsung

Samsung o‘zining navbatdagi bukiluvchi smartfonlarini taqdim etar ekan, ayrim takliflari foydalanuvchilar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.

2025-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Unpacked tadbirida Samsung arzonroq bukiluvchi model – Galaxy Z Flip7 FE’ni taqdim etdi. Kompaniya Flip6 foydalanuvchilariga eski qurilmani topshirib, yangi modelni $400 evaziga olishni taklif qilmoqda. Chegirma evaziga narx $500 gacha tushadi.

Foto: Gizmochina

Biroq Flip7 FE texnik jihatdan Flip6’dan orqaroq: Snapdragon 8 o‘rniga kamroq quvvatli Exynos 2400 protsessori, operativ xotira esa 12 GBdan 8 GBgacha kamaygan. Ekran va dizayn deyarli o‘zgarmagan.

Yangi model uzoqroq dasturiy qo‘llovni va’da qiladi. Ammo foydalanuvchilar buni haqiqiy yangilanish emas, balki cheklangan funksiyali versiya deb baholamoqda. To‘liq Flip7 esa kuchli batareya, katta displey va Samsung DeX qo‘llovi bilan ancha jozibador ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S25 FE smartfoni haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.