Xorazmda ekologiya inspektorlari saksovulfurushlar tomonidan kaltaklandi

eʼlon qilindi
Uchta ekologiya inspektori
Xorazmda ekologiya inspektorlari saksovulfurushlar tomonidan kaltaklandi. Foto: Ekologiya vazirligi

15-iyul kuni Buxoro viloyatida o‘tkazilgan ekologik reyd davomida inspektorlar kaltaklandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Inspektorlar Peshku tumanidagi «Safron» cho‘lida noqonuniy saksovul kesish holatini aniqlab, ZIL rusumli yuk mashinasini ta’qib qila boshlagan. Mashina Xorazm viloyatiga A-380 avtomobil yo‘li orqali harakatlangan.

Ta’qib qilish davomida inspektorlar boshlig‘i Toshev yuk mashinasini kuzatishda davom etgan, uning hamkasblari esa orqada kelayotgan boshqa avtomobillarni nazorat qilish uchun yo‘lda tushirib qoldirilgan. Biroq yo‘lni to‘sib chiqqan noma’lum shaxslar Isuzu yuk mashinasidan har xil sovuq qurollar bilan tushib, inspektorlar mashinasiga zarar yetkazishgan.

Eng og‘ir holat esa orqada tushirib qoldirilgan Muhammadiyev va Hesenovga nisbatan sodir etilgan. Noma’lum shaxslar ularni do‘pposlab, tan jarohatlari yetkazgan. So‘ngra huquqbuzarlar ularni mashinaga ortib olib ketmoqchi bo‘lgan, biroq inspektorlar harakatdagi mashinadan o‘zlarini tashlab, voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lishgan.

Hozirda voqea yuzasidan Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan avtomobil kapotini akvariumga aylantirgan fuqaro jarimaga tortilgani haqida yozgandi.

Shuningdek