
IM Motors kompaniyasi IM LS9 modelini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Avtomobil 2025-yilning oxirida sotuvga chiqadi. Yangi IM LS9 6 o‘rinli yirik EREV yo‘ltanlamasi bo‘lib, uning o‘lchamlari 5279×2000×1806 mm, bazasi esa 3160 mm. Og‘irligi 2695 kg ni tashkil etadi. Joylashuv sxemasi 2+2+2. G‘ildirak o‘lchamlari 20, 21 va 22 dyuymlik variantlarda bo‘ladi.

Mashina dizayni yopiq old qism, T-ko‘rinishli faralar va uzluksiz LED chiziq bilan ajralib turadi. Korpusda xrom elementlar, yashirin eshik tutkichlari, tom oynasi va tomda lidar mavjud.
IM LS9 1,5 litrli benzin dvigateli (153 ot kuchi) hamda ikkita elektromotor bilan jihozlanadi: biri 160 kW (215 ot kuchi), ikkinchisi 230 kW (308 ot kuchi). Eng yuqori tezlik 220 km/soatga teng.

Avtomobil CATL’ning Freevoy akkumulyatori bilan 450 km elektr yurish zaxirasini ta’minlaydi. Shuningdek, uchinchi avlod X-by-Wire texnologiyasi bilan to‘liq boshqaruv va kuch taqsimoti tizimiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Smart kompaniyasi #5 EHD gibrid modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.