
PepsiCo kompaniyasi AQShda eng ko‘p sotiladigan Lay’s va Tostitos mahsulotlarini qayta brendlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.
Shuningdek, ushbu mahsulotlarda sun’iy ranglar va ta’m beruvchi qo‘shimchalar bo‘lmaydi.
PepsiCo bosh direktori Ramon Laguarta ta’kidlashicha, kartoshka chipsi o‘zi oddiy mahsulotlardan iborat: kartoshka, yog‘ va ozgina tuz.
«Lay’s’ni asl holiga qaytarib, sog‘liq uchun ziyon keltirmaydigan qilish niyatidamiz», – dedi u.
Yangi Lay’s va Tostitos mahsulotlarida avval ishlatilgan kanola va soya yog‘i o‘rniga endi avakado va zaytun yog‘idan kengroq foydalaniladi. Bu o‘zgarishlar AQSh sog‘liqni saqlash kotibi Robert Kennedyning «sog‘lom ovqat» konsepsiyasini ilgari surgani va uning orqasida turgan Make America Healthy Again (MAHA) harakati bosimi fonida amalga oshirilmoqda.
PepsiCo allaqachon Simply liniyasi ostida Lay’s va Doritos’ni sun’iy ingrediyentlarsiz taklif qilib kelayotgandi. Ammo bu mahsulotlar hali ommaviy e’tiborni tortmagan.
Bundan tashqari, kompaniya o‘z ichimliklarining shakarli variantlarni ham ishlab chiqarishga tayyorligini bildirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Coca-Cola AQShda haqiqiy shakarqamishdan foydalanishga rozi bo‘lgani haqida yozgandi.