Ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa belgilanadi

eʼlon qilindi
Nafaqa to‘lovi mablag‘lari har oyning 2-sanasiga qadar bank hisobiga o‘tkaziladi
Ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa belgilanadi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Vazirlar Mahkamasi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini belgilovchi nizomni tasdiqladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, nafaqa tayinlash «E-probatsiya» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Murojaatlar tuman (shahar) probatsiya bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va to‘lovlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali naqd yoki karta orqali amalga oshiriladi.

2025-yil 1-sentabrgacha «E-probatsiya» tizimi «Yagona reyestr» axborot tizimi bilan integratsiyalashadi. Mazkur nafaqa O‘zbekiston fuqarolari, mamlakatda doimiy yashovchi chet elliklar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshishi haqida yozgan edik.

Shuningdek