Qarshida Rus tili markazi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Markazda Rossiya qonunchiligining asoslari ham o‘rgatiladi
Qarshida Rus tili markazi tashkil etiladi / Foto: NGLU

Qarshi shahridagi Xalqaro innovatsion universitetda Rus tili markazi ochiladi, deb xabar bermoqda Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti (NGLU) matbuot xizmati.

Mazkur markazni ochish bo‘yicha kelishuv ikki oliygoh rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan onlayn uchrashuv davomida imzolandi. Ushbu markazda rus tilini o‘qitish bilan bir qatorda Rossiya qonunchiligining asoslari ham o‘rgatiladi.

«Markaz rus tilini va kasbiy fanlarni o‘rgatishga qaratilgan tayyorlov kurslarini tashkil etadi. Bu kurslar Rossiya universitetlariga o‘qishga kirishni xohlovchi xorijlik fuqarolar uchun mo‘ljallangan», – dedi NGLU rektori maslahatchisining rus tilini xorijda targ‘ib qilish bo‘yicha yordamchisi Natalya Makshantseva.

Makshantsevaning aytishicha, bu o‘quv dasturi talabalarni chet tili sifatida rus tili bo‘yicha barcha davlat imtihonlariga tayyorlashga yordam beradi, bu esa ularning Rossiya ta’lim tizimiga moslashishida muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, NGLU mutaxassislari o‘zbek o‘qituvchilarga o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda yordam beradi.

Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti tilshunoslik, tarjima, xalqaro munosabatlar va pedagogika sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet xalqaro dasturlarda faol ishtirok etadi va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.

Xalqaro innovatsion universitet esa 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, jurnalistika, lingvistika va pedagogika yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘yilgan edi.

Shuningdek