
Chevrolet avtomobillarining aksariyati oldindan buyurtma asosida, navbat bilan sotilayotgan bo‘lsa-da, ayrim modellarni dilerlik markazlari orqali zudlik bilan (navbatsiz) sotib olish mumkin. Quyidagi maqolada navbatsiz sotilayotgan Chevrolet avtomobillari haqida ma’lumot beramiz.
Chevrolet Damas

Chevrolet Damas – bu O‘zbekistonda ommaviy va ishonchli mikroavtobus sifatida tanilgan model. U asosan kichik biznes va oilaviy foydalanish uchun mo‘ljallangan. Avtomobil kompakti dizayni, past yoqilg‘i sarfi va oddiy texnik xizmat ko‘rsatish bilan ajralib turadi. 0,8 litrli dvigatel va 5 pog‘onali mexanik uzatma qutisi bilan jihozlangan Damas, tor ko‘chalarda harakatlanish uchun qulay va iqtisodiy hisoblanadi.
U ayni paytda oq va kulrang ranglarda uzavtosavdo.uz saytida taqdim etilmoqda.
Narxlar
Model nomi | Narxi (so‘m) |
---|---|
Damas D11 Style | 93 100 000 |
Damas D3 Kombi | 96 400 000 |
Damas D2 Style Plus | 96 900 000 |
Chevrolet Labo

Chevrolet Labo – bu ixcham va ko‘p maqsadli yuk avtomobili bo‘lib, kichik biznes egalari orasida juda mashhur. 0,8 litrli benzinli dvigateli va 5 pog‘onali mexanik uzatma qutisi bilan jihozlangan ushbu model shahar ichida yuk tashish uchun ideal tanlov sanaladi. Labo ixcham o‘lchamlari tufayli tor ko‘chalarda erkin harakatlanadi. Qulay kuzov balandligi va ochiq yuk bo‘limi tufayli u turli xil yuklarni tashishga moslashtirilgan.
Labo ayni paytda oq va kurang ranglarda uzavtosavdo.uz saytida taqdim etilmoqda.
Narx
Model | Narxi (so‘m) |
---|---|
Labo LB Plus New | 96 300 000 |
Chevrolet Onix

Chevrolet Onix – bu zamonaviy dizayn, qulaylik va yoqilg‘i tejamkorligini birlashtirgan ixcham sedan modelidir. U 1,2 litrli yoki 1,0 turbo dvigatel bilan taqdim etiladi. U avtomatik yoki mexanik uzatma qutisi bilan jihozlanadi. Onix ilg‘or xavfsizlik tizimlari, sensorli multimedia ekran, teskari kamera va boshqa qulay funksiyalar bilan jihozlangan.
Chevrolet Onix ayni paytda to‘rt rangda uzavtosavdo.uz saytida taqdim etilmoqda.
Narxlar
Model | Narxi (so‘m) |
---|---|
Onix LS MT | 161 900 000 |
Onix 3LT MT | 169 700 000 |
Onix LTZ Turbo AT | 184 800 000 |
Onix Premier 2 Turbo AT PWC | 204 600 000 |
Chevrolet Tracker

Chevrolet Tracker – bu zamonaviy avtomobil. U 1,0 yoki 1,2 litrli turbo dvigatellar bilan taqdim etiladi. Model avtomatik yoki mexanik uzatma qutisi bilan jihozlangan.
Chevrolet Tracker ayni paytda sakkizta rangda taqdim etiladi.
Narxlar
Model | Narxi (so‘m) |
---|---|
Tracker LS Plus | 215 900 000 |
Tracker LTZ Plus | 229 000 000 |
Tracker Premier PWC | 250 600 000 |
Tracker Premier Plus | 252 600 000 |
Chevrolet Captiva

Captiva 7 o‘rinli, oilaviy SUV modelidir. U 1,5 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel 147 ot kuchiga ega. Uzatmalar qutisi – avtomatik (CVT). Yo‘l yotqizig‘i baland, yurish qulay. Yonilg‘i sarfi shahar rejimida 9–10 litr atrofida. Keng salon, orqa qatordagi joylar bukiladi. Bagaj hajmi – 1051 litrgacha kengayadi. Multimedia tizimi sensorli ekran bilan boshqariladi. Oldi va orqa parktronik, kamera, kruiz-nazorat kabi funksiyalarga ega. Xavfsizlik tizimi: 6 ta xavfsizlik yostig‘i, ABS, ESP va tormoz yordamchilari mavjud.
Model faqat kumush rangda taqdim etiladi.
Narxlar
Model | Narxi (so‘m) |
---|---|
Captiva LT 2 | 305 000 000 |
Captiva Premier | 335 000 000 |
Chevrolet Malibu

Chevrolet Malibu – zamonaviy va qulay sedan bo‘lib, u 2,0 litrli turbo dvigatelga ega. Quvvati 250 ot kuchi. Uzatmalar qutisi – 9 pog‘onali avtomatik. Tezlanishi silliq va kuchli. Salon keng va shinam. Multimedia – 8 dyuymli sensorli ekran. Apple CarPlay va Android Auto mavjud. Xavfsizlik uchun 8 ta yostiqcha bor. Avtomatik tormoz va ko‘r zona nazorati mavjud. Kamera va kruiz-nazorat ham qo‘shilgan.
Malibu ayni paytda to‘rt xil rangda taqdim etilmoqda. 18-iyul holatiga ko‘ra, taxminiy yetkazib berish muddati 2025-yil 31-avgust sanasiga belgilangan.
Narxlar
Model | Narxi (so‘m) |
---|---|
Malibu MALDB 9AT LTZ | 419 000 000 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston uchun foydalanish xarajati past avtomobillar haqida yozgan edi.