Fan

Quyosh tizimining chetida noyob obyekt topildi

18-iyul 2025 08:47 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Quyosh tizimining chetida noyob obyekt topildi / Foto: Ying-Tung Chen (ASIAA)

Xalqaro astronomlar guruhi Quyosh tizimining chekka hududida 2023 KQ14 nomli yangi obyekt – Ammonitni aniqladi. Bu haqda Space ma’lum qildi.

Bu obyektning orbitasi ilgari aniqlangan boshqa sednoidlarnikidan butunlay farq qiladi va To‘qqizinchi sayyora mavjudligi haqidagi nazariyaga qarshi dalil bo‘lishi mumkin.

Foto: NAOJ

Ammonitning Quyoshga eng yaqin nuqtasi 66 astronomik birlikda joylashgan bo‘lib, orbitasi 4,5 mlrd yil davomida barqaror saqlangan. Bu obyekt ilgari bo‘sh qolgan 50 – 75 a.b. oralig‘ini to‘ldirgan ilk stabillikka ega sednoid hisoblanadi.

Tadqiqotchilar bu kashfiyot To‘qqizinchi sayyoraning mavjudligini inkor qilmaydi, biroq uning ehtimoliy holati va o‘lchamlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Har bir yangi sednoid Quyosh tizimi shakllanishidagi sirlarni ochishga xizmat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA Yer tortishish kuchini aniqlovchi kvant qurilma yaratishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek