Gadjetlar

Galaxy S25 foydalanuvchilarining uchdan bir qismi SI funksiyalaridan foydalanmayapti

Bu funksiya qurilmalarda bepul taqdim etilgan
samsung
Samsung foydalanuvchilari sun’iy intellektdan qanday foydalanmoqda / Foto: AutoChatGPT

Samsung sun’iy intellekt funksiyalarini faol targ‘ib qilmoqda, biroq Galaxy S25 foydalanuvchilarining taxminan uchdan biri ulardan foydalanmayapti. Bu haqda Sammy Fans e’lon qilgan maqolada qayd etildi.

Kompaniyaning aytishicha, Galaxy S25 flagman smartfonlari egalari orasida SI funksiyalaridan faqat 70 foizi foydalanmoqda. Qolganlari esa bu imkoniyatlarga e’tibor bermagan. Bu funksiya qurilmalarda bepul taqdim etilgan.

Foto: SammyFans

Ushbu funksiyalar orasida Live Translate, Note Assist, Photo Assist, Audio Eraser kabi ko‘plab imkoniyatlar bor. Ammo ayrim foydalanuvchilar yangiliklardan chetda qolmoqda. Samsung bu vaziyatga aniq sabab topmaganini tan olgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung kuchsizroq modelga o‘tish uchun pul to‘lashni taklif qilayotgani haqida yozgan edi.