
Samsung kompaniyasi Galaxy F36 5G smartfonining 19-iyulda taqdim etilishini rasman tasdiqladi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Qurilma orqa paneli veganka teridan yasalgan bo‘ladi, qalinligi esa atigi 7,7 mm. Smartfonda 50 MP asosiy kamera optik stabilizatsiya bilan, 8 MP ultra keng burchakli kamera va 2 MP makro sensor bo‘ladi. Old va orqa kameralar 10-bit HDR formatda video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Uskuna Exynos 1380 protsessorida ishlaydi, 6 GB operativ xotiraga ega bo‘ladi. Qurilmada Android 15 o‘rnatilgan. Samsung ushbu modelga 6 yilgacha xavfsizlik yangilanishlari va 6 marta Android yangilanishlarini va’da qilgan.
Displey 6,7 dyuymli FHD+ Super AMOLED bo‘lib, 120 Hz yangilanish tezligiga ega. Corning Gorilla Glass Victus+ oynasi bilan himoyalangan. Akkumulyator sig‘imi 5000 mA·soat, tez zaryadlash quvvati esa 25 Vt.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Galaxy S25 foydalanuvchilarining uchdan bir qismi SI funksiyalaridan foydalanmayotgani haqida yozgan edi.