Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi yo‘lning bir qismi 22-iyulgacha yopiladi
eʼlon qilindi
Qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli

Shayxontohur tumani KHAY yo‘lining Beruniy ko‘chasi kesishmasidan Beshqayrog‘och ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismi 18-iyul soat 12:00 dan 22-iyulgacha yopiladi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur transport yo‘li yopilishi munosabati bilan quyidagi avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi:

- 34-sonli avtobus yo‘nalishi:
Shifokorlar shaharchasi – Chilonzor metro bekati yo‘nalishida Beruniy ko‘chasi o‘rniga Nurafshon va Ko‘kcha darvoza ko‘chalari orqali harakatlanadi. Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz qoladi. - 64-sonli avtobus yo‘nalishi:
Paxtakor metro bekati – Birlik mavzesi yo‘nalishida Nurafshon va Ko‘kcha darvoza ko‘chalari orqali yuradi. Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz. - 87-sonli avtobus yo‘nalishi:
Qora Qamish 2/4 mavzesi – Chilonzor 30-daha yo‘nalishida Beruniy ko‘chasi o‘rniga Nurafshon va Ko‘kcha darvoza ko‘chalari orqali o‘tadi. Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz. - 116-sonli avtobus yo‘nalishi:
Shifokorlar shaharchasi – Chilonzor buyum bozori yo‘nalishida Beruniy ko‘chasi o‘rniga Nurafshon va Ko‘kcha darvoza ko‘chalari orqali harakatlanadi. Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz. - 131-sonli avtobus yo‘nalishi:
Olimpiya mehmonxonasi – Do‘stlik-2 mavzesi yo‘nalishida Beruniy ko‘chasi o‘rniga Nurafshon va Ko‘kcha darvoza ko‘chalari orqali o‘tadi. Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz. - 147-sonli avtobus yo‘nalishi:
Chorsu savdo markazi AShB – Chinni bozori yo‘nalishida Beruniy ko‘chasi o‘rniga Nurafshon va Ko‘kcha darvoza ko‘chalari orqali harakatlanadi. Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
Avvalroq shaharning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasida harakat tiklangani haqida yozgandik.