Yarim yilda Toshkent jamoat transportida 205,5 million yo‘lovchi tashildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        2025-yilning birinchi yarmida
                    
                            
2025-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri bo‘ylab jamoat transporti 205,5 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi «Milliy tiklanish» partiyasi guruhi eshituvda ma’lum qildi, deya yozmoqda O‘zA.
Shuningdek, yil boshidan buyon 270 ming dona yangi ATTO kartalari tarqatilgan, 5,4 mingta infokiosklarda esa QR chiptalar (3 ming so‘mdan) sotib olish imkoniyati yaratilgan.
Eshituvda transport sohalaridagi kamchiliklar ham muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2030-yilgacha O‘zbekistondagi barcha ichki yo‘llar asfaltlanishi haqida yozgan edik.
