Bakalavr va magistratura uchun davlat granti soni tasdiqlandi
eʼlon qilindi
2025/2026 yilda – 35 500 ta

Prezidentning «Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoyishi qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlariga ajratiladigan grant o‘rinlari tasdiqlandi.
Bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli uchun grant o‘rinlari:
- 2025/2026 yilda — 35 500 ta
- 2026/2027 yilda — 36 023 ta
- 2027/2028 yilda — 36 460 ta
- 2028/2029 yilda — 36 761 ta
Magistratura kunduzgi ta’lim shakli uchun grant o‘rinlari:
- 2025/2026 yilda — 9 922 ta
- 2026/2027 yilda — 10 191 ta
- 2027/2028 yilda — 10 477 ta
- 2028/2029 yilda — 10 784 ta
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha grant taqsimotini ishlab chiqib, Davlat komissiyasiga taqdim etadi:
- respublikadagi xorijiy va nodavlat OTMlar uchun ajratilgan 1 320 ta grant taqsimoti;
- chet elda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta grant yo‘nalishlari;
- Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda 4 000 ta xotin-qizlar uchun ajratilgan grant taqsimoti.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinishi haqida xabar bergan edi.