Yangiliklar

Dam olish kunlari qaysi banklar xizmat ko‘rsatadi

Bu haqda banklarning rasmiy saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar e’lon qilindi
bankomat
Foto: cozyta / www.depositphotos.com

2025-yil 19 – 20-iyul kunlari (dam olish kunlari) respublikamizdagi bir qancha banklar aholiga qulaylik yaratish maqsadida o‘z valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalarini faoliyatda saqlab qolmoqda. Bu haqda banklarning rasmiy saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar e’lon qilindi.

Xususan, quyidagi banklar dam olish kunlari ishlaydi:

🔹 Agrobank
🔹 Apexbank
🔹 Asia Alliance Bank
🔹 BRB
🔹 Ipoteka bank
🔹 Milliy bank
🔹 Orient Finans Bank
🔹 Tenge bank
🔹 Trastbank
🔹 Hamkorbank
🔹 SQB
🔹 Asaka bank
🔹 Anor bank
🔹 Garant bank
🔹 Hayot bank
🔹 InFin bank
🔹 Eron Saderot bank
🔹 Universalbank
🔹 Turon bank

Bundan tashqari, banklarning 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari ham mavjud bo‘lib, mijozlar tunu kun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishi mumkin. Shuningdek, tijorat banklarining mobil ilovalari orqali ham shaxsiy hisobdan turib valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari amalga oshirish imkoniyati mavjud.