Mitsubishi 2026-yilgi Outlander modelini yangilaydi

19-iyul 2025 09:17 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Mitsubishi Outlander
Mitsubishi 2026-yilgi Outlander modelini yangilaydi / Foto: Mitsubishi

Mitsubishi Motors o‘zining mashhur Outlander krossoverini 2026-yil uchun yangilashini e’lon qildi. Eng muhim yangilik avtomobil endilikda mild-gibrid (yumshoq gibrid) texnologiyasiga ega bo‘ladi. Bu haqda thetruthaboutcars nashri ma’lum qildi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu texnologiya yoqilg‘i sarfini kamaytiradi, avtomobil narxini esa raqobatbardosh darajada saqlab qoladi. Shuningdek, ushbu yechim uglerod chiqindilarini ham sezilarli darajada kamaytiradi.

Yangi Outlander ilgari qo‘llanilgan 2,5 litrli atmosferali dvigatel o‘rniga 1,5 litrli turbomotor va mild-gibrid tizim bilan jihozlanadi. Bu Mitsubishi tomonidan mustaqil ishlab chiqilgan tizim bo‘lib, avtomobilni yanada samaraliroq qiladi.

Foto: Mitsubishi

Eksteryer va interyer dizayni ham yangilanadi. Salonda zamonaviy dizayn elementlari, yuqori sifatli materiallar va foydalanuvchi uchun qulay texnologiyalar kutilyapti. Kompaniya, shuningdek, 2026-yilda yanada «yo‘lga moslashgan» off-road versiyasini ham chiqarishni rejalashtirgan.

Muhim jihatlardan yana biri Mitsubishi yangi Outlander modelini endilikda o‘zining mustaqil platformasida ishlab chiqaradi. Ilgari bu model Nissan’ning arxitekturasidan foydalanib ishlab chiqarilgan edi.

Shuningdek, Outlander’ning PHEV (plug-in hybrid) versiyasi ham 2025-yilda yangilanadi. U yangi, sig‘imi kattaroq batareyaga ega bo‘ladi va faqat elektrda harakatlanish zaxirasi sezilarli darajada oshiriladi. Eksteryer va interyeri ham yangilanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nissan 2027-yilda yangi X-Trailʼni ikki xil dizaynda taqdim etishi haqida xabar bergan edi.

Model ikki xil tashqi koʻrinishda taqdim etiladi. Elektr versiyasi zamonaviy LED yoritkichlar va eksklyuziv radiator panjarasi bilan ajralib turadi. Yonilgʻi varianti esa Mitsubishi Outlander uslubiga yaqin dizaynni qabul qiladi, lekin plagin-gibrid tizimidan voz kechiladi.

Shuningdek