
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi huzuridagi «Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi» xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun xalqaro standartlarga mos premium transport xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi.
Endilikda mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlar aeroportdan mehmonxonagacha transfer, shahar ichida ekskursiyalar hamda shaharlararo safarlar uchun yuqori darajadagi qulayliklarga ega transport vositalaridan foydalanishlari mumkin.
Yangi avtopark tarkibiga quyidagi mashinalar kiradi:
- Mercedes-Benz S-class 222/223 – yuqori darajadagi komfort va hashamat;
- Sprinter mikroavtobusi – kichik guruhlar uchun qulay yechim;
- Yirik sig‘imli zamonaviy avtobuslar – guruhli sayohatlar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu transport vositalari iqlim nazorati, Wi-Fi, qulay charm salonlar va xorijiy tilni biladigan professional haydovchilar bilan jihozlangan. Xizmatlar xalqaro tadbirlar, VIP-delegatsiyalar, biznes forumlar, shuningdek, yakka va guruhli turistik safarlar doirasida, ayniqsa, dolzarb bo‘lib, yuqori talabga ega.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan shvetsiyalik mashhur bloger velosipedda O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edi.