Toshkent ko‘chalaridan biri 18-avgustgacha yopiladi

eʼlon qilindi
Ba’zi avtobuslarning yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi
Foto: Unsplash

19-iyuldan 18-avgustgacha Toshkentning Sergeli tumanidagi Obihayot ko‘chasida quvurlar almashtirilishi sababli avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi, deb xabar qildi Transport bosh boshqarmasi.

Ba’zi avtobuslarning yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi. 18 avgustga qadar 184-sonli avtobus faqat «Sergeli yarmarka» bekatigacha harakatlanadi.

Foto: Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi

Bundan tashqari, 40 va 143-sonli avtobuslar Yangi Sergeli yo‘li, So‘g‘diyona, Jaloyir ko‘chalari va Obihayotning ochiq qismidan aylanib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi yo‘lning bir qismi 22-iyulgacha yopilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek