Uzbekistan Airways bortida chaqaloq dunyoga keldi

eʼlon qilindi
Aviakompaniya kema komandiriga, shuningdek, bort kuzatuvchilari va shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi
Foto: Unsplash

19-iyul, shanba kuni Uzbekistan Airways samolyoti bortida o‘g‘il bola dunyoga keldi. Samolyot Istanbul – Toshkent (HY282) yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan, deb xabar berdi aviatashuvchi matbuot xizmati.

«Parvoz paytida yo‘lovchilardan birida muddatidan oldin tug‘uruq boshlandi. Yaxshiyamki, bortda ikki nafar shifokor bo‘lgan», deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tibbiyot xodimlariga yordam ko‘rsatishda bort kuzatuvchilarning professionalligini ta’kidladi. Shuningdek, samolyot komandiri yangi tug‘ilgan chaqaloqli oilani shifokorlar kutib turgan Urganchga qo‘nishga qaror qildi.

Aviakompaniya kema komandiriga, shuningdek, bort kuzatuvchilari va shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi.

Xuddi shunday holat joriy yil boshida Toshkentdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyot bortida ham sodir bo‘lgan edi. Vaziyat yuzasidan qo‘mondon Islandiyada qo‘nishni amalga oshirgan, shundan so‘ng ona va bola mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan lift ichida qolib ketgan bolalar qutqarilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek