
Xitoyning BYD kompaniyasi Leopard Titanium 7 modelini rasman tanishtirdi. Bu haqda IT Home nashri ma’lum qildi.

Bu avtomobil mustahkam kuzovli gibrid yo‘ltanlamas bo‘lib, shahar aholisi uchun mo‘ljallangan. Uning o‘lchami 5 metrdan oshadi, ichki saloni esa juda keng.

Yuqori toifadagi model 35,6 kVt·soatli batareyaga ega bo‘lib, 180 km masofani faqat elektrda bosib o‘ta oladi. Boshqa variantlari 135 km yurish zaxirasiga ega. Umumiy yurish masofasi 1300 kmdan ortiq. Leopard Titanium 7 faqat gibrid bo‘lib, to‘liq elektrli versiyasi chiqarilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD Song L GT elektromobili taqdim etilgan edi.