Google yangi Pixel 10 smartfonlarini 20-avgustda taqdim etadi

20-iyul 2025 09:25 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Google yangi Pixel 10 smartfonlarini 20-avgustda taqdim etadi / Foto: Macrumors

Google kompaniyasi 2025-yil 20-avgust kuni o‘zining yangi avlod smartfonlarini — Pixel 10 liniyasini rasman taqdim etadi. Bu haqda Macrumors ma’lum qildi.

Taqdimotda to‘rtta model namoyish qilinadi: Pixel 10, Pixel 10 Pro, Pixel 10 Pro XL hamda yangi bukiluvchi Pixel 10 Pro Fold.

Yangi qurilmalar Tensor G5 protsessori bilan jihozlanadi. Ushbu chip TSMC tomonidan ishlab chiqariladi va avvalgi avlodga nisbatan yuqori unumdorlikka ega bo‘ladi. Pixel 10 Pro Fold modeli suv va changdan himoyalanish bo‘yicha IP68 standartini qo‘lga kiritadi va ekran yoritilishi hamda batareya sig‘imi yaxshilangan.

Google yangi AI funksiyalari, ayniqsa, foto tahrirlash imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor qaratmoqda. Pixel 10 liniyasi Apple’ning iPhone 17 modellari bilan raqobatlashadi va bukiluvchi smartfonlar bozorida vaqtincha ustunlikka ega bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pixel 10 Pro Fold suv va changga chidamli ilk bukiluvchi smartfon bo‘lishi haqida yozgan edik.

Shuningdek