
20-iyul kuni Janubiy Koreyaning Gapyong shahrida kuchli yomg‘ir natijasida yuz bergan ko‘chki va suv toshqinlari oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Reuters nashri ma’lum qildi.
Mamlakat bo‘ylab yomg‘ir boshlanganidan beri jami 14 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi hanuz topilmagan.
Hukumat ob-havo xizmati yomg‘ir to‘xtashi kutilayotganini va ortidan issiq to‘lqini boshlanishini bildirgan. Kuchli yomg‘ir janubdan shimolga qarab siljigan. Qutqaruv ishlariga harbiylar ham jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Texasdagi toshqinlarda halok bo‘lganlar soni 43 nafarga yetgan edi.