San’at va madaniyat instituti WURI 2025 reytingida Top-100 talikdan joy oldi

20-iyul 2025 11:30 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
San’at va madaniyat instituti WURI 2025 reytingida Top-100 talikdan joy oldi / Foto: Instagram

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti nufuzli World University Rankings for Innovation 2025 (WURI) reytingida «Talabalarni qo‘llab-quvvatlash va jalb etish» (Student Support and Engagement) yo‘nalishi bo‘yicha 1350 ta universitet orasida 69-o‘rinni egalladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.

Bu yutuq bilan institut Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari orasida 2-o‘rinni egallab, innovatsion ta’lim sohasida sezilarli muvaffaqiyatga erishdi.

Foto: World University Rankings for Innovation 2025

WURI reytingi dunyo universitetlarining jamiyat va sanoat bilan hamkorlikdagi amaliy yutuqlarini, startaplar, axloqiy qadriyatlar, talabalar harakatchanligi va ijtimoiy javobgarlik sohasidagi innovatsion loyihalarni baholaydi.

WURI 2025 reytingida eng yuqori o‘rinlarni Kaliforniya universiteti (AQSH), Putra Malayziya universiteti va Koreya katolik universiteti egallagan.

Foto: World University Rankings for Innovation 2025

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi universitetlari filiali ochilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek