Saudiya shahzodasi 20 yillik komadan so‘ng vafot etdi

eʼlon qilindi
U 2005-yil Londonda avtohalokatga uchragan
Saudiya shahzodasi 20 yillik komadan so‘ng vafot etdi / Foto: Bshadis

Saudiya Arabistoni shahzodasi Al-Valid bin Xolid Al-Saud 36 yoshida vafot etdi. Bu haqda New York Post nashri ma’lum qildi.

U 2005-yilda Londonda avtohalokatga uchrab, miya gemorragiyasi tufayli komaga tushgan edi. Oradan 20 yil o‘tib, u hushiga kelmasdan hayotdan ko‘z yumdi.

Foto: People

Al-Valid «Uyqudagi shahzoda» nomi bilan tanilgan. U Riyoddagi kasalxonada sun’iy nafas oldirish qurilmasida hayot kechirgan. Otasi, shahzoda Xolid bin Talal, har doim o‘g‘lining sog‘ayishiga umid qilgan va sun’iy hayotni uzishga qarshi chiqqan.

Foto: Ihayom

Ijtimoiy tarmoqlarda shahzodaning o‘limi katta aks sado berdi. «Uyqudagi shahzoda» xeshtegi trendga aylangan, foydalanuvchilar ta’ziya izhor qilmoqda. Janoza namozi bugun Riyoddagi Imom Turki bin Abdulloh masjidida o‘qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Diogu Jota avtohalokatdan halok bo‘lgan edi.

Shuningdek