Yangiliklar

Tesla Los-Anjelesda avtokinoteatr va quvvatlash stansiyasini ochmoqda

Salonni tark etmasdan turib, ovqatlanish uchun ham sharoit mavjud
Tesla Los-Anjelesda avtokinoteatr va quvvatlash stansiyasini ochmoqda / Foto: Ilon Mask

21-iyul kuni Tesla kompaniyasi Los-Anjelesda noyob majmuani ochmoqda. Bu haqda Ilon Mask o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Ilon Mask

Tesla’s Hollywood Diner and Supercharger nomli yangi kompleksda 80 ta V4 Supercharger tezkor quvvatlash stansiyasi, ikki yirik LED ekranli avtokinoteatr va avtomobildan turib buyurtma beriladigan tezkor restoran mavjud.

Foto: Ilon Mask

Haydovchilar avtomobillarini quvvatlash davomida kino tomosha qilishlari va taomlar buyurtma qilib, salonni tark etmasdan ovqatlanishlari mumkin. Bu loyiha Tesla’ning texnologiya va qulaylikni uyg‘unlashtirishga qaratilgan navbatdagi innovatsiyasi bo‘ldi.

Foto: Ilon Mask

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla rasman Hindiston avtobozoriga kirgani haqida yozgan edik.