
19-iyul kuni Londondagi «Uembli» stadionida ukrainalik bokschi Aleksandr Usik britaniyalik raqibi Daniel Dyubani beshinchi raundda nokautga uchratib, professional boksda uchinchi bor mutlaq jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda BBC News ma’lum qildi.
Jang davomida Usik Dyubani ikki marta yerga yiqitdi. Ikkinchi yiqilishdan so‘ng Dyuba tiklana olmadi va hakam jangni to‘xtatdi.

Ushbu g‘alaba bilan Usik yana WBA, WBO, WBC va IBF chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritdi. Bu natija uni zamonaviy boks tarixidagi eng muvaffaqiyatli bokschilardan biriga aylantirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ahmadaliyev va Inoue o‘rtasidagi super jang qachon bo‘lishi haqida yozgan edik.