Xorazmlik dehqon hikoyasi, daraxt kesishga saqlanib qolgan moratoriy, Toshkentda uy-joylar narxlarining pasayishi — hafta yakuni

Kursiv Uzbekistan o‘tgan hafta davomida O‘zbekistonda yuz bergan voqealarning eng muhimlarini bir joyga to‘pladi.
Xorazmlik dehqonning qovun sirlari: 127 nav va o‘z seleksiyasi

San’at Qalandarov umrini qovunga bag‘ishlagan xorazmlik dehqon va olim.
Amudaryo sohillaridagi sho‘rxok yerlarda o‘nlab navlarni yetishtiradi. Noyob urug‘larni saqlaydi va bahorgacha saqlanishi mumkin bo‘lgan yangi navlarni yaratadi. Uning maqsadi Xorazm qovunini O‘zbekistonning taniqli eksport va sayyohlik brendiga aylantirishdir.
Kursiv Uzbekistan fermer bilan suhbatlashib, qovun shunchaki meva emasligiga ishonch hosil qildi. Bu ilm-fan, an’analar, biznes va serquyosh O‘zbekistonning ramzidir.
Chevrolet Damas avtomobili qanday kamchiliklarga ega

Chevrolet Damas o‘zbekistonliklar eng tanlaydigan ikkinchi avtoulov bo‘lib, u odatda odam va yuk tashishga mo‘ljallanadi. (yanvar – may oylarida 22,4 mingta Damas sotilgan.) Shu bilan birga, u zamonaviy avtomobillarga xos ko‘plab texnik va qulaylik kamchiliklariga ega. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida Chevrolet Damas avtomobilining kamchiliklari haqida so‘z boradi.
O‘zbekiston uchun foydalanish xarajati past avtomobillar

O‘zbekiston bozorida 2025-yil holatiga ko‘ra benzinli avtomobillar orasida foydalanish xarajatlari nihoyatda muhim masala bo‘lib qolmoqda. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida aynan shahar va yo‘l rejimidagi yonilg‘i sarfi, texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari hamda ehtiyot qismlarning narxi va mavjudligi jihatidan past xarajatli avtomobillar tahlil qilinadi.
Keltirilgan mashinalar kichik yoki o‘rta o‘lchamli bo‘lib, ularning yonilg‘i sarfi past va konstruktsiyasi oddiyligi tufayli foydalanish xarajatlari ham nisbatan kam.
Ishlatilgan telefonni sotishdan oldin nimalar qilish kerak

Texnologiyalar juda tez yangilanmoqda. Har yili yangi telefon modellari chiqadi. Eski telefonimizni sotib, yangi modelga o‘tish esa juda odatiy holga aylangan. Ammo bu jarayon oddiy ko‘ringani bilan bir nechta juda muhim xavfsizlik choralarini talab qiladi. Ushbu maqolada sizga ishlatilgan telefonni sotishdan oldin bajarilishi shart bo‘lgan qoidalar haqida bosqichma-bosqich tushuntirib beramiz.
Muhim yangiliklar
Bitkoin narxi 122 ming dollardan oshdi
14-iyul kuni bitkoin yana rekord darajaga ko‘tarilib, $122 mingdan oshdi. Uznex birjasida ayni damda bitkoin $122.5 mingni tashkil etmoqda.
AOKA o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etiladi
Prezident farmoni bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tugatilib, uning o‘rnida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilishi belgilandi.
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumi boshlandi
15-iyuldan «Ochiq budjet» portalida «Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Fuqarolar 3-avgustgacha o‘z hududidagi muammolar bo‘yicha loyihalarini taqdim etishlari mumkin.
International Tashkent mehmonxonasi boshqaruvi Rossiya kompaniyasiga o‘tdi
Rossiyaning Azimut Hotels tarmog‘i Toshkentdagi besh yulduzli International Tashkent mehmonxonasi boshqaruvini o‘z zimmasiga oladi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Umra mavsumi avgust oyida boshlanadi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Haj va Umra» markazi 2025-yil avgust oyidan yangi Umra mavsumi boshlanishini e’lon qildi.
Xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirishdagi ayrim cheklovlar 20-iyuldan kuchga kiradi
20-iyuldan jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona imtiyozlari bilan bog‘liq o‘zgarishlar kuchga kirmoqda. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining turdosh ro‘yxati tasdiqlandi
Oliy ta’lim yo‘nalishlari klassifikatori asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining turdosh ro‘yxati tasdiqlandi. Endilikda ta’lim yo‘nalishlari 33 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat OTMdan davlat ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi. Maxsus sinovlar orqali amalga oshiriladigan ushbu tartib bo‘yicha ballar vazirlik va idoralar takliflari asosida belgilandi.
Rossiyada migrantlarga maoshidan ortiq pul jo‘natish taqiqlanishi mumkin
Rossiyada migrantlarga maoshidan ortiq pul jo‘natish taqiqlanishi mumkin. Unga ko‘ra, «Yangi odamlar» («Noviye lyudi») fraksiyasi yetakchilari Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullinaga maktub yo‘llagan. Ushbu maktubda migrantlarga xorijga rasmiy ish haqidan ko‘proq pul o‘tkazishni taqiqlash taklif qilingan.
Toshkentda Sea Breeze savdo ofislari paydo bo‘ldi – kompaniya munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoqdagi quriladigan Sea Breeze loyihasi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bugun ushbu loyiha hali tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, yer ajratish ishlari boshlangani va loyiha ofislari tashkil etilganligi bo‘yicha xabarlar tarqaldi. «Kursiv» nashri Ekologiya vazirligiga bu masala yuzasidan murojaat qildi.
Iyun oyida Toshkentda ikkilamchi uy-joylar narxi tushdi
Shu yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda uy-joy bozorida bitimlar hajmi 3,7 foizga o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillarida e’lon qilindi. Unga ko‘ra, respublika bo‘ylab uy-joy savdolari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,6 foizga oshgan.
«Paxtakor» yana bir iroqlik futbolchini tarkibiga qo‘shib olishi kutilmoqda
Iroqlik futbolchi Zaid Tahsin «Eyr Fors» jamoasini tark etganini ma’lum qildi. Tez orada u «Paxtakor» klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda «Chempionat.asia» nashri xabar berdi.
Bakalavr va magistratura uchun davlat granti soni tasdiqlandi
Prezidentning «Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoyishi qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlariga ajratiladigan grant o‘rinlari tasdiqlandi.
Toshkent ko‘chalaridan biri 18-avgustgacha yopiladi
19-iyuldan 18-avgustgacha Toshkentning Sergeli tumanidagi Obihayot ko‘chasida quvurlar almashtirilishi sababli avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi, deb xabar qildi Transport bosh boshqarmasi.
Daraxt kesishga moratoriy saqlanib qoladi – Ekologiya vazirligi
Ekologiya vazirligi daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish bo‘yicha bildirilgan taklifga javoban rasmiy bayonot berdi. Tadbirkor Murad Nazarov tomonidan ilgari surilgan «kompensatsion ekish» va «daraxtlar banki» tizimi moratoriyga muqobil bo‘la olmaydi, deyiladi bayonotda.